KATTA GUNOHLAR
Yetmish ikki katta gunoh quyidagilardir:
1. Nohaq odam oʻldirish.
2. Zino qilish.
3. Livota qilish.
4. Sharob va har turli spirtli ichimliklar ichish. (Pivo ichish haromdir.)
5. Oʻgʻrilik qilish.
6. Kayf uchun giyohvand moddalar isteʼmol qilish.
7. Boshqalarning molini zoʻrlik bilan olish, yaʼni gʻasb qilish.
8. Yolgʻon guvohlik berish.
9. Ramazon roʻzasini uzrsiz, musulmonlar oldida yeb buzish.
10. Foiz olish va berish.
11. Koʻp qasam ichish.
12. Ota-onaga osiy boʻlish, ularga qarshi chiqish.
13. Mahram va solih qarindoshlar bilan silai rahmni (ziyoratni) tark etish.
14. Jangda jang maydonini tashlab, dushman oldidan qochish.
15. Yetimning molini nohaq yeyish.
16. Tarozi va oʻlchovni toʻgʻri ishlatmaslik.
17. Namozni vaqtidan oldin yoki keyin oʻqish.
18. Moʻmin birodarining koʻnglini sindirish. (Bu Kaʼbani buzishdan ham kattaroq gunohdir. Allohu taoloni eng koʻp ranjitadigan kufrdan keyin koʻngil sindirishdek katta gunoh yoʻqdir.)
19. Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) aytmagan soʻzni aytish va uni u zotga nisbat berish.
20. Pora olish.
21. Haq guvohlikdan qochish.
22. Molining zakotini va ushrini bermaslik.
23. Kuchi yetadigan kishining munkarni, gunoh qilayotgan odamni koʻrganda uni man etmasligi.
24. Tirik hayvonni olovda yoqish.
25. Shoni ulugʻ Qurʼonni oʻrgangandan keyin uni oʻqishni unutish.
26. Shoni ulugʻ Allohning rahmatidan umid uzish.
27. Musulmon boʻlsin, kofir boʻlsin, odamlarga xiyonat qilish.
28. Choʻchqa goʻshtini yeyish.
29. Rasulullohning sahobalaridan (rizvonullohi taolo alayhim ajmaʼiyn) birortasini sevmaslik va soʻkish.
30. Qorni toʻygandan keyin ham yeyishda davom etish.
31. Xotinning erining toʻshagidan qochishi.
32. Xotinning eridan ruxsatsiz mehmonga borishi.
33. Nomusli ayolni «fohisha» deb atash.
34. Namima, yaʼni musulmonlar orasida gap tashish. 35. Avrat joyini boshqalarga koʻrsatish. (Erkakning avrati – kindik bilan tizza orasi, ayolning avrati – sochi, qoʻllari, oyoqlari.) Boshqalarning avrat joyiga qarash ham haromdir.
36. Oʻlaksa yeyish va boshqalarga yedirish. 37. Omonatga xiyonat qilish. 38. Musulmonni gʻiybat qilish. 39. Hasad qilish.
40. Shoni ulugʻ Allohga shirk keltirish. 41. Yolgʻon gapirish. 42. Kibr, oʻzini boshqalardan ustun koʻrish.
43. Oʻlim toʻshagidagi bemorning vorislaridan mol yashirishi. 44. Baxil, oʻta xasis boʻlish.
45. Dunyoga muhabbat qoʻyish.
46. Allohu taoloning azobidan qoʻrqmaslik. 47. Haromni harom deb eʼtiqod qilmaslik.
48. Halolni halol deb eʼtiqod qilmaslik. 49. Folbinlarning foliga, gʻaybdan xabar berishlariga ishonish. 50. Dinidan qaytish, murtad boʻlish.
51. Uzrsiz begona ayolga, qizga qarash. 52. Ayollarning erkak libosini kiyishi. 53. Erkaklarning ayol libosini kiyishi. 54. Kaʼba Haramida gunoh qilish. 55. Vaqti kirmasdan azon aytish va namoz oʻqish.
56. Davlat odamlarining amrlariga, qonunlarga boʻysunmaslik, qarshi chiqish.
57. Xotinining mahram joylarini onasining mahram joyiga oʻxshatish. 58. Xotinining onasini soʻkish.
59. Bir-biriga qurol oʻqtalish.
60. Itning sarqitini yeb-ichish. 61. Qilgan yaxshiligini minnat qilish. 62. Ipak kiyish (erkaklar uchun). 63. Johillikda oyoq tirab turish. (Ahli sunnat eʼtiqodini, farzlarni, haromlarni va zarur boʻlgan har bir ilmni oʻrganmaslik.)
64. Allohu taolodan va Islom bildirgan ismlardan boshqa narsa bilan qasam ichish.
65. Ilmdan qochish.
66. Johillikning musibat ekanini anglamaslik.
67. Kichik gunohni qayta-qayta qilishda oyoq tirab turish. 68. Zaruratsiz qahqaha otib koʻp kulish.
69. Bir namoz vaqtini oʻtkazib yuboradigan muddat davomida junub holda yurish. 70. Hayz va nifos holidagi xotiniga yaqinlik qilish.
71. Tagʻanniy qilish. Axloqsiz qoʻshiqlar aytish, musiqa va cholgʻu asboblarini ishlatish. 72. Oʻz joniga qasd qilish, yaʼni oʻzini oʻldirish.
Goʻzal axloq
Islom goʻzal axloq bilan axloqlanishni, nafsni yomon xulqlardan tozalashni, yaxshi xulqli boʻlishni, har jihatdan iffatli va hayoli boʻlishni buyuradi. Bu bilimlarni va yoʻllarni oʻrgatadigan ilmga tasavvuf deyiladi.
Badan salomatligiga oid bilimlarni tib ilmi oʻrgatganidek, qalbning, ruhning yomon xulqlardan qutulishini tasavvuf ilmi oʻrgatadi. U insonni qalb kasalligining alomatlari boʻlgan yomon ishlardan uzoqlashtirib, Alloh roziligi uchun yaxshi ishlar qilishni va ibodat qilishni taʼminlaydi.
Islom avval ilm oʻrganishni, keyin oʻrganganlariga muvofiq ish va ibodat qilishni, bularning hammasi Alloh roziligi uchun boʻlishini, qisqacha aytganda, ilm, amal va ixlosni buyuradi. Insonning maʼnan yuksalishi, dunyo va oxirat saodatiga erishishi bir samolyotning uchishiga oʻxshatilsa, iymon bilan ibodat uning tanasi va motorlariga oʻxshaydi.
Tasavvuf yoʻlida olgʻa yurish esa uning yoqilgʻisi, yaʼni benzinidir. Maqsadga yetish uchun samolyot qoʻlga kiritiladi, yaʼni iymon va ibodat kasb qilinadi. Harakatga kelish uchun esa kuch, yaʼni tasavvuf yoʻlida olgʻa yurish lozimdir.
Tasavvufning ikki maqsadi bor:
Birinchisi – iymonning vijdoniy boʻlishi, yaʼni qalbga oʻrnashishi va shubha uygʻotadigan taʼsirlar bilan chayqalmasligidir. Aql bilan, dalil va isbot bilan quvvatlantirilgan iymon bunday mustahkam boʻlmaydi. Allohu taolo Qurʼoni karimda Raʼd surasining 28-oyatida shunday marhamat qildi, maʼnosi: «Qalblarga iymonning singishi, oʻrnashishi faqat va faqat zikr bilandir». Zikr – har bir ishda va har bir harakatda Allohu taoloni eslash, Uning roziligiga muvofiq ish qilish demakdir.
Tasavvufning ikkinchi maqsadi – fiqh ilmi bildirgan ibodatlarni sevib, osonlik bilan ado etish va nafsi ammoradan tugʻiladigan dangasalik va qiyinchiliklarni ketkazishdir. Ibodatlarni osonlik bilan, sevib ado etish va gunoh ishlardan nafratlanib uzoqlashish faqat tasavvuf ilmini oʻrganib, bu yoʻlda olgʻa yurish bilangina mumkindir.
Tasavvuf yoʻlini tutish hamma bilmagan narsalarni koʻrish, gʻaybdan xabar berish, nurlarni, ruhlarni va qimmatli tushlarni koʻrish uchun emas.
Tasavvuf orqali qoʻlga kiritiladigan maʼrifatlarga, bilimlarga va hollarga erishish uchun avval iymonni tuzatish, Islomning amr va taqiqlarini oʻrganib, ularga muvofiq ish va ibodat qilish lozimdir. Zotan, bu uchtasini qilmaguncha, qalbni poklash, yomon xulqlardan tozalash, nafsni tazkiya qilish, tarbiyalash mumkin emas.
