54 FARZ
Islom olimlari har bir musulmon oʻrganishi, ishonishi va tobe boʻlishi lozim boʻlgan farzlardan ellik toʻrttasini tanlab olganlar: 1. Allohu taoloni bir deb bilish va Uni hech unutmaslik. (Yaʼni har bir ishni Islomga muvofiq qilishga harakat qilish.)
2. Haloldan yeb-ichish. 3. Tahorat olish.
4. Har kuni vaqti kirganda besh vaqt namoz oʻqish. 5. Hayz, nifos va junublikdan gʻusl qilish.
6. Kishining rizqiga Allohu taolo kafil ekaniga ishonish. 7. Haloldan topilgan toza kiyim kiyish. 8. Haqqa tavakkul qilib mehnat qilish. 9. Qanoatli boʻlish.
10. Neʼmatlari uchun Allohu taologa shukr qilish (neʼmatlarini buyurilgan oʻrinlarda ishlatish). 11. Qazo va qadarga rozi boʻlish.
12. Balolarga sabr qilish (isyon qilmaslik). 13. Gunohlardan tavba qilish.
14. Ixlos bilan ibodat qilish. 15. Islom dushmanlarini dushman deb bilish.
16. Qurʼoni karimni toʻrt dalildan biri deb bilish.
17. Oʻlimga tayyorlanish, yaʼni farzlarni ado etib, haromlardan qochib, iymon bilan oʻlishga harakat qilish.
18. Allohu taolo sevganni sevish, U sevmaganni sevmaslik va undan qochish. (Bunga «hubbi fillah va bugʻzi fillah» deyiladi.) 19. Ota-onaga yaxshilik qilish. 20. Kuchi yetganlarning imkoni boricha din amrlarini yoyishga harakat qilishi.
21. Mahram boʻlgan solih qarindoshlarni ziyorat qilish. 22. Omonatga xiyonat qilmaslik.
23. Doimo Allohdan qoʻrqib, haromlardan saqlanish.
24. Allohga va Uning Rasuliga itoat qilish. (Yaʼni har bir ishni Islomga muvofiq qilish.)
25. Gunohdan qochib, ibodat bilan mashgʻul boʻlish. 26. Hukmdorga (ulul amrga, qonunlarga) qarshi chiqmaslik, musulmon rahbarlarga itoat qilish. 27. Olamga ibrat nazari bilan qarash.
28. Allohu taoloning borligi haqida tafakkur qilish. 29. Tilini harom, fahsh soʻzlardan saqlash.
30. Qalbini dunyoning foydasiz narsalaridan, zararli istaklardan tozalash. 31. Hech kimni masxara qilmaslik. 32. Haromga qaramaslik. 33. Doimo soʻziga sodiq boʻlish. 34. Qulogʻini fahsh soʻzdan va cholgʻudan saqlash. 35. Farzlarni va haromlarni oʻrganish. 36. Tarozi va oʻlchov asboblarini toʻgʻri ishlatish.
37. Allohu taoloning azobidan oʻzini omon deb bilmasdan, doimo qoʻrqish. 38. Allohu taoloning rahmatidan umid uzmaslik. 39. Musulmon faqirlarga zakot berish va yordam qilish. 40. Nafsning harom istaklariga ergashmaslik.
41. Och odamni Alloh roziligi uchun toʻydirish.
42. Yetarli rizq (yegulik, kiyim-kechak va uy) uchun mehnat qilish.
43. Molining zakotini, hosilining ushrini berish. 44. Hayz va nifos holidagi xotini bilan yaqinlik qilmaslik.
45. Qalbini gunohlardan tozalash.
46. Kibrdan saqlanish. 47. Yetim bolaning molini muhofaza qilish.
48. Yosh yigitlarga nisbatan shahvatga sabab boʻladigan holat va harakatlardan uzoq turish.
49. Kundalik vaqt namozlarini qazoga qoldirmaslik. 50. Shirk keltirmaslik.
51. Zinodan saqlanish. 52. Mast qiluvchi ichimliklar ichmaslik.
53. Bekorga qasam ichmaslik.
54. Nohaq, zulm bilan, yaʼni shariatga xilof yoʻl bilan boshqalarning molini olmaslik. Banda haqqidan qoʻrqish. (Eng muhim va azobi eng koʻp boʻlgan banda haqqi – qarindoshlariga va qoʻl ostidagilarga amri maʼruf qilmaslik, ularga din ilmini oʻrgatmaslikdir. Bidʼat egasining Ahli sunnat eʼtiqodini oʻzgartirishi, dinni, iymonni buzishi ham shundaydir.)
«Bir kishi gunoh qilsa, soʻngra pushaymon boʻlsa, bu pushaymonligi gunohiga kafforat boʻladi» Hadisi sharif
Ey koʻngil, nedir bu libos, bu hoyu huv, bu dabdaba,
Egningga xilʼat oʻrnida bir palosu janda yetarkan?
Garchi jurmu isyonim haddan oshibdir, ey Sarvar,
Siz shafoat konisiz, keldim sizga shafqat umid etib.
Bu Muhibbiy tavba aylar, tavbasini qabul ayla,
Shayton fitnasidan asra uni, yo Rabbimiz!
Kanûnî Sultân Süleymân (Muhibbî)
