Sevimli Paygʻambarim

UCHINCHI QISM ISLOM DINI

Bu qism İhlas Vakfı Hakikat Kitabevi nashriyoti tayyorlagan «Tam İlmihâl Se’âdet-i Ebediyye», «Herkese Lâzım Olan Îmân», «İslâm Ahlâkı», «Kıyâmet ve Âhiret» va «Namâz Kitabı» nomli kitoblardan tanlab tayyorlandi. Islom dini – Allohu taolo Jabroil ismli farishta vositasida sevimli Paygʻambari Muhammad alayhissalomga yuborgan, insonlarning dunyoda va oxiratda rohatda va baxtli boʻlishlarini taʼminlaydigan usul va qoidalardir.

Barcha afzalliklar, foydali narsalar – Islomdadir. Islom oldingi dinlarning koʻringan-koʻrinmagan barcha yaxshiliklarini oʻzida jamlagan. Barcha saodatlar, muvaffaqiyatlar – undadir. U adashmaydigan, yanglishmaydigan aqllar qabul qiladigan asoslar va axloqdan iboratdir. Yaratilishida nuqsoni boʻlmaganlar uni rad etmaydilar va undan nafratlanmaydilar. Islomning ichida hech qanday zarar, tashqarisida esa hech qanday manfaat yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. Islomdan tashqarida manfaat izlash – sarobdan ichimlik kutish kabidir. Islom mamlakatlarni obod qilishni, insonlarni farovonlikka, toʻkin-sochinlikka yetkazishni buyuradi, Allohu taoloning amrlariga hurmat koʻrsatishni va maxluqotga marhamat qilishni talab qiladi. Islom dehqonchilikni, tijoratni va hunarni qatʼiy buyuradi. Ilmga, fanga, texnikaga, sanoatga loyiq darajada ahamiyat beradi. Insonlarning oʻzaro yordamlashishini, bir-biriga xizmat qilishini jiddiy talab qiladi. U insonning qoʻl ostidagi kishilarning, farzandlarning, oilaning va millatlarning haqlarini va ularni qanday idora qilishni oʻrgatadi; tiriklarga, oʻtganlarga va kelajak avlodlarga nisbatan haq va masʼuliyatni koʻzda tutadi. Islom saodati doraynni, yaʼni dunyo va oxirat saodatini oʻzida jamlagan. U insonlarning ruhiy va moddiy farovonligini eng mukammal tarzda taʼminlaydigan tamoyillarni keltirgan. Insonning haq va vazifalarini eng keng tarzda tartibga solgan. Qisqasi, Islom dinining iymon, ibodat, munokahot (uylanish, nikoh ilmlari), muomalot (oldi-berdi va ijtimoiy hayot ilmlari) va uqubot (jinoyat va jazo huquqi) asoslari bor.

Alloh – Rabbim, nabiyim haq – Muhammaddir Rasululloh,
Dinimdir Islom dini, kitobim – Kalomulloh.
Aqoidda mazhabim Ahli sunnatdir, hamd boʻlsin,
Amalda Abu Hanifa mazhabidir mazhabim, valloh.
NASIHAT
Ahli sunnat eʼtiqodin nazm ila, ey javon,
Senga quyida qildik ochiq til ila bayon:
Toʻgʻri eʼtiqodni istar boʻlsang agar, birodar,
Kecha-kunduz bu kitobni oʻqigil chin dildan, jondan!
Haq rahmat aylasin Abu Hanifaning ruhiga,
Qurʼon yoʻlini koʻrsatdi bizga ul ulugʻ Nuʼmon!
Dunyoga koʻngil bogʻlama, umr oqar suv kabi,
Islomga ergashgan kishi har dam boʻlur shodumon.

«Islom saodati doraynni, yaʼni dunyo va oxirat saodatini oʻzida jamlagan» Sayyid Abdulhakim Arvosiy (rahmatullohi alayh)

Avval ilmiholni oʻrgan, farzandingga ham oʻrgat;
Din ilmini oʻrganmasang, soʻngra boʻlursan pushaymon!
Dushmanlarimiz qanday yashirincha hujum qilar, boq;
Sen ham dinni yoymoq uchun tirishgil, boy berma zamon!
Dinsizlar yolgʻon ila yoshlarni aldamoqda,
Islomni yoʻq qilmoqchilar; endi gʻaflatdan uygʻon!
Musulmonlar ham adashgan, koʻpi tuzoqqa tushgan;
Soʻzda barchasi ahli qibla, lekin ajralgan haq yoʻldan.
Ilmiholni oʻrganmagan oʻzini asray olmas.
Kofir yoki adashgan boʻlur Ahli sunnatdan boʻlmagan!
Toʻgʻri ilmlarni yoyganlarga yordam ber!
Jihod savobini qozon, bunga mol boʻlsin ravon.
Rasululloh hech toʻxtadilarmi, sahobasi uxladimi?
Dinni yoymoq uchun barchasi boʻlgan edi qahramon!
Tirish, bekor turma sen ham: din dushmani juda qaviy;
Ichdan-tashdan ezmoqchilar – ketgay din ham, iymon!
Sahobaga yomon soʻz aytma, hammasining qadrini bil,
Bir-birini sevar edilar, bunga guvohdir Qurʼon!
Eng afzali – Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali ham,
Muoviyani ham koʻp sev – oʻshadir Qurʼonni yozgan!
Rabbimiz jism emasdir, zamoni, makoni yoʻq;
Moddaga hulul qilmas – shunday boʻlmogʻi kerak iymon!
Maxluqqa muhtoj emasdir, sherigi, oʻxshashi yoʻq;
Har narsani yaratgan – U, borliqda ham U tutgan.
Yaxshi-yomon, iymon, kufr, modda, quvvat, energiya –
Hammasini U bor etar, yarata olmas hech inson!
Har kimga aql, iroda berdi, ham yoʻlni koʻrsatdi;
Kim yaxshilik tilasa, darhol yaratur Rahmon.
Avval eʼtiqodni tuzat, amru nahiyga rioya et;
Saodatga yeta olmas Islomdan ajralgan!
Azaldan odat boʻldi: kim eksa, oʻshal oʻrar;
Juda aldandi, ziyon koʻrdi ekmay bugʻdoy umid qilgan!
Yetmish uch firqadan yolgʻiz Ahli sunnat
Qutulguvchi;
Rasulullohning yoʻlini bizga ular koʻrsatgan!