Sevimli Paygʻambarim

XRONOLOGIYA

Izoh: (b) – biʼsat yillarini, (m) – milodiy yillarni, (h) – hijriy yillarni bildiradi.

m. 570 Hazrati Abdulloh bilan hazrati Ominaning nikohlanishi. Sevimli Paygʻambarimizning muborak nurining onalariga oʻtishi (Jumodul avval / iyul). Toʻkinchilik yili. Rasulullohning otalari hazrati Abdullohning vafoti (Rajab / sentyabr).

571 Fil voqeasi (Muharram / fevral). Koinot sultoni Muhammad alayhissalomning dunyoga kelishlari (12 Rabiul avval, dushanba / 20 aprel; hijratdan 53 (quyosh yili hisobida 51) yil oldin, Fil voqeasidan 55 kun keyin). Sut onalari Halimaga berilishlari (Rabiul oxir).

573 Hazrati Abu Bakrning (roziyallohu anhu) tugʻilishi.

576 Sut onalari tomonidan Makkaga olib kelinib, onalari Ominaga topshirilishlari.

577 Sevimli Paygʻambarimizning onalari Ominaning Abvoda vafoti. Ummu Aymanning Rasulullohni Makkada bobolari Abdulmuttalibga topshirishi. Hazrati Usmonning (roziyallohu anhu) tugʻilishi.

579 Bobolari Abdulmuttalibning vafoti va amakilari Abu Tolibga omonat qilinishlari.

583 Amakilari Abu Tolib bilan birga Shom savdo karvoni ila yoʻlga chiqib, Busrodan qaytishlari. Hazrati Umarning (roziyallohu anhu) tugʻilishi.

588 Amakilari Zubayr bilan birga Yamanga borishlari.

591 Hazrati Abu Bakr bilan Shomga borishlari. Rasulullohning Hilful fuzul ittifoqiga qoʻshilishlari.

595 Hazrati Xadichaga qarashli savdo karvoni bilan Busro shahriga borishlari.

596 Hazrati Xadicha bilan nikohlanishlari.

599 Hazrati Alining (roziyallohu anhu) tugʻilishi.

600 Quss ibn Soidaning Ukoz yarmarkasida Rasulullohning paygʻambarliklaridan xushxabar bergan nutq soʻzlashi.

605 Kaʼba taʼmirlanayotganda Hajarul asvadni joyiga qoʻyish uchun hakamlik qilishlari.

b.1/610 Biʼsat: 40 yoshlarida u zotga paygʻambarliklari bildirilishi (17 Ramazon, dushanba). Hiro togʻidagi (Jabali Nurdagi) gʻorda birinchi vahiy (Alaq surasining dastlabki besh oyatining nozil boʻlishi) (Ramazon / avgust).

2/611 Vahiy bir muddat toʻxtab qolgach, Paygʻambarimizning Jabroil alayhissalomni koʻrish orzusi bilan tez-tez Hiro togʻidagi gʻorga borishlari. Isrofil alayhissalomning kelib, u zotga baʼzi narsalarni oʻrgatishi.

3/612 Birinchi musulmonlar: hazrati Xadicha, Abu Bakr Siddiq, Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Horisa (va uning zavjasi Ummu Ayman), Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Saʼd ibn Abu Vaqqos.

4/613 Rasulullohning yaqin qarindoshlaridan boshlab insonlarni Islomga daʼvat qilishlari. Mushriklarning musulmonlarga aziyat va qiynoq bera boshlashi. Birinchi shahidlar: hazrati Yosir, uning oʻgʻli hazrati Abdulloh va zavjasi hazrati Sumayya. Hazrati Oishaning (roziyallohu anho) tugʻilishi.

5/614 Habashistonga birinchi hijrat (Rajab / may). Muhojirlarning Habashistondan Makkaga qaytishi (Shavvol / iyul).

6/615 Hazrati Hamzaning musulmon boʻlishi. Hazrati Umarning musulmon boʻlishi. Habashistonga ikkinchi hijrat. Rasululloh va musulmonlarning Dorul Arqamdan chiqishlari.

7/616 Qamalning boshlanishi (Muharram).

8/617 Hazrati Usmon va uning zavjasi hazrati Ruqayyaning Habashistondan qaytishlari.

9/618 Shaqqul qamar moʻjizasi: Rasulullohning ishoralari bilan oyning ikkiga boʻlinishi.

10/619 Qamalning bekor qilinishi.

10/620 Abu Tolibning vafoti (7 Ramazon / aprel). Hazrati Xadicha onamizning vafoti (10 Ramazon / aprel). Rasulullohning hazrati Savda bint Zamʼa bilan nikohlanishlari (Ramazon / may). Rasulullohning Zayd ibn Horisa bilan Toifga borishlari (Shavvol / may). Nusaybin jinlarining Islomni qabul qilishi. Rasulullohning Toifdan Makkaga qaytishlari (23 Zulqaʼda). Aqaba uchrashuvi (10 Zulhijja / 17 iyul).

11/621 Meʼroj moʻjizasi va besh vaqt namozning farz qilinishi (27 Rajab). Jabroil alayhissalomning Kaʼbai sharif eshigi yonida ikki kun Rasulullohga imom boʻlishi. (Meʼrojning vaqti haqida boshqa rivoyatlar ham bor. Meʼroj koʻp marta boʻlgan. Ulardan biri uygʻoq holda va muborak jasadlari bilan boʻlgan. Boshqalari faqat muborak ruhlari bilan boʻlgan.)

Rasulullohning hazrati Oisha bilan nikohlari oʻqilishi (Shavvol). Birinchi Aqaba bayʼati (10 Zulhijja / 6 iyul, dushanba). Rasulullohning Islomni oʻrgatish uchun Musʼab ibn Umayrni Madinaga yuborishlari.

12/622 Sanatus surur (Sevinch yili): Madina aholisining koʻpchiligi Islomni qabul qilishi. Ikkinchi Aqaba bayʼati (12 Zulhijja / 28 iyun, dushanba).

13/1/622 Biʼsatning 13-yili, hijratning 1-yili, milodiy 622 yil. Hijriy yil: musulmonlarning hijriy-qamariy yil hisobining boshlanishi (1 Muharram / 16 iyul). Sanatul izn: musulmonlarga Makkadan Madinaga hijrat qilishga izn berilishi. Mushriklarning Dorun Nadvada yigʻilib, Rasulullohni oʻldirish qarorini qabul qilishi (25 Safar / 8 sentyabr). Hijrat: Rasulullohning hazrati Abu Bakr bilan Savr gʻoriga yoʻl olishlari (26 Safar, payshanba / 9 sentyabr). Savr togʻidagi gʻordan Madinaga qarab yoʻlga chiqishlari (1 Rabiul avval, dushanba / 13 sentyabr). Qubo qishlogʻiga yetib borishlari (8 Rabiul avval, dushanba / 20 sentyabr). Qubo masjidining qurilishi (8–11 Rabiul avval / 20–23 sentyabr). Rasulullohning Qubo bilan Madina orasidagi Ranona vodiysidagi namozgohda birinchi juma namozini oʻqitishlari (12 Rabiul avval, juma / 24 sentyabr). Madinaga yetib kelishlari (12 Rabiul avval, juma / 24 sentyabr). Abu Ayyub Ansoriyning uyida mehmon boʻlishlari. Masjidi Nabaviy qurilishining boshlanishi (Rabiul avval / sentyabr). Oila aʼzolarining Madinaga kelishi. Azoni Muhammadiyning kuniga besh vaqt aytila boshlashi. Salmon Forsiyning musulmon boʻlishi.

h.1/623 Muhojirlar bilan ansorlar oʻrtasida birodarlik oʻrnatilishi. Birinchi yozma shartnoma: Madina hujjati va Madina vodiysining haram hududi deb belgilanishi (Ramazon / mart). Jang qilishga izn berilishi. Birinchi sariyya: hazrati Hamzaning Iys / Siful bahr sariyyasi (Ramazon / mart). Masjidi Nabaviy qurilishining tugallanishi (Shavvol / aprel). Masjidi Nabaviyda Suffaning tashkil etilishi. Madinada chorsu va bozor joyining barpo qilinishi. Musulmonlarning birinchi marta roʻyxatga olinishi. Ubayda ibn Horisning Robigʻ yurishi (Shavvol / aprel).

Saʼd ibn Abu Vaqqosning Xarror sariyyasi (Zulqaʼda / may). Asʼad ibn Zurora, Baro ibn Maʼrur va Kulsum ibn Hidmning vafoti. Usmon ibn Mazʼunning vafoti va Jannatul Baqiʼning qabriston uchun ajratilishi (Zulhijja / iyun).

2/623 Rasulullohning birinchi marta ashuro kuni roʻza tutishlari (10 Muharram / 14 iyul). Birinchi gʻazot: Abvo (Vaddon) gʻazoti (12 Safar / 15 avgust). Buvot gʻazoti (1 Rabiul avval / 2 sentyabr). Birinchi Badr (Safvon) gʻazoti (Rabiul avval / sentyabr). Zul Ushayra gʻazoti (1 Jumodul avval / 31 oktyabr).

2/624 Abdulloh ibn Jahshning Batni Naxla sariyyasi (20 Rajab / 17 yanvar). Hazrati Ali bilan hazrati Fotimaning nikohi oʻqilishi (Rajab / yanvar). Qiblaning Masjidul Aqsodan Masjidul Haromga / Kaʼbaga oʻzgartirilishi (11 Shaʼbon, seshanba / 7 fevral). Roʻzaning farz qilinishi (Shaʼbon / fevral). Tarovih namozi oʻqila boshlashi (1 Ramazon / 26 fevral). Habashistondagi sahobalardan yana 33 kishining Badrdan oldin Makkaga qaytishi. Ulardan 2 tasi Makkai mukarramada vafot etdi, 7 tasi mushriklar tomonidan hibsga olindi, 24 tasi Madinai munavvaraga yetib borib, Badr jangida qatnashdi. Badr jangi (17 Ramazon / 13 mart). Abu Jahlning oʻldirilishi. Rasulullohning qizlari hazrati Ruqayyaning vafoti (Ramazon / mart). Zakotning farz qilinishi (Ramazon / mart). Fitr sadaqasining (fitraning) buyurilishi (Ramazon / mart). Birinchi Ramazon hayiti va hayit namozining oʻqilishi (1 Shavvol / 27 mart). Rasulullohning hazrati Oisha bilan turmush qurishlari (Shavvol / aprel). Hazrati Zaynabning Makkadan Madinaga kelayotganda hujumga uchrashi (Shavvol boshlari / mart). Qarqaratul Kudr gʻazoti (5 Shavvol / 31 mart). Banu Qaynuqoʼ gʻazoti (15 Shavvol / 10 aprel). Saviq gʻazoti (5 Zulhijja / 29 may). Hazrati Ali bilan hazrati Fotimaning turmush qurishi (Zulhijja / may). Birinchi Qurbon hayitining nishonlanishi (10 Zulhijja / 3 iyun).

3/624 Kaʼb ibn Ashrafning oʻldirilishi (4 Rabiul avval / 25 avgust). Anmor (Gʻatafon, Zu Amr) gʻazoti (12 Rabiul avval / 2 sentyabr). Bahron (Najron) gʻazoti (6 Jumodul avval / 25 oktyabr). Hazrati Usmonning hazrati Ummu Kulsum bilan nikohlanishi (Jumodul oxir).

3/625 Rasulullohning hazrati Hafsa bilan nikohlanishlari (Shaʼbon / yanvar). Hazrati Hasanning tugʻilishi (15 Ramazon / 1 mart). Rasulullohning hazrati Zaynab bint Xuzayma bilan nikohlanishlari (Ramazon).

Uhud jangi (7 Shavvol, shanba / 23 mart). Hamroul Asad gʻazoti (16 Shavvol / 1 aprel).

4/625 Abdulloh ibn Unaysning Xolid ibn Sufyonni oʻldirishi (5 Muharram / 17 iyun). Rajiʼ voqeasi (Safar / iyul). Biʼri Maʼuna voqeasi (19 Safar / 31 iyul). Banu Nazir gʻazoti (Rabiul avval / avgust). Ichkilikning qisman harom qilinishi (Rabiul avval / avgust–sentyabr). Hazrati Zaynab bint Xuzayma onamizning vafoti (Rabiul oxir / sentyabr). Hazrati Usmon va hazrati Ruqayyaning oʻgʻli Abdullohning vafoti (Jumodul avval / oktyabr). Abu Salamaning vafoti (23 Jumodul oxir / 30 noyabr).

4/626 Hazrati Husaynning tugʻilishi (5 Shaʼbon / 10 yanvar). Rasulullohning hazrati Ummu Salama bilan nikohlanishlari (Shavvol oyining oxirlari / aprel oyining boshlari). Fotima bint Asadning vafoti. Kichik Badr gʻazoti (1 Zulqaʼda / 4 aprel).

5/626 Zotur Riqoʼ gʻazoti (10 Muharram / 11 iyun). Dumatul Jandal gʻazoti (25 Rabiul avval / 24 avgust). Musulmon boʻlgan Banu Muzayna vakillarining Madinaga kelishi (Rajab / dekabr). Muraysiʼ (Banu Mustaliq) jangi (2 Shaʼbon / 27 dekabr). Hazrati Oishaga tuhmat qilinishi. Tayammum oyatining nozil boʻlishi.

5/627 Rasulullohning hazrati Juvayriya bint Horis bilan nikohlanishlari (Shaʼbon). Xandaq (Ahzob) jangi (Shavvol / mart). Banu Qurayza jangi (23 Zulqaʼda / 15 aprel). Rasulullohning hazrati Zaynab bint Jahsh bilan nikohlanishlari (1 Zulqaʼda / 24 mart). Rasulullohning hazrati Rayhona bint Amr bilan nikohlanishlari (Zulhijja / aprel–may).

6/627 Muhammad ibn Maslamaning Qurato sariyyasi (10 Muharram / 1 iyun). Hazrati Alining Banu Saʼd ibn Fadak sariyyasi. Gʻoba (Zu Qarad) gʻazoti (2 Rabiul avval / 22 iyul). Gʻamra sariyyasi (Rabiul avval). Muhammad ibn Maslamaning Zul Qassa sariyyasi (Rabiul avval). Abu Ubayda ibn Jarrohning Zul Qassa sariyyasi (Rabiul oxir / sentyabr). Zayd ibn Horisaning Jamum sariyyasi (Rabiul oxir).

Banu Lihyon gʻazoti (1 Jumodul avval / 18 sentyabr). Zayd ibn Horisaning Iys aygʻoqchilik sariyyasi (Jumodul avval). Abul Osning musulmon boʻlishi. Zayd ibn Horisaning Taraf sariyyasi (Jumodul oxir / oktyabr–noyabr). Zayd ibn Horisaning Vodil Quro sariyyasi (Rajab / noyabr–dekabr). Zayd ibn Horisaning Shom safari / savdo karvoni (Rajab). Abdurrahmon ibn Avfning Dumatul Jandal sariyyasi (Shaʼbon / dekabr). Zayd ibn Horisaning Madyan sariyyasi (Shaʼbon / dekabr). Hazrati Alining Fadak sariyyasi (Shaʼbon / dekabr).

6/628 Zayd ibn Horisaning Ummu Qirfa sariyyasi (Ramazon / yanvar). Madinada qurgʻoqchilik boʻlishi / yomgʻir duosiga chiqilishi (Ramazon). Abdulloh ibn Atikning Abu Rofeʼ sariyyasi (Ramazon / yanvar). Abdulloh ibn Ravohaning Xaybar aygʻoqchilik sariyyasi (Ramazon / fevral). Abdulloh ibn Ravohaning Usayr ibn Zorim sariyyasi (Shavvol / fevral). Kurz ibn Jobir Fihriy sariyyasi (Zulqaʼda / mart). Umra safari (2 Zulqaʼda / 14 mart). Bayʼati Rizvon (Zulqaʼda / mart–aprel). Hudaybiya sulhi (Zulhijja / aprel). Fath surasining nozil boʻlishi. Banu Xuzoa, Banu Aslam va Banu Xushaniy vakillarining Madinaga kelib, musulmon boʻlishi. Ichkilikning qatʼiy harom qilinishi. Rasulullohning tuya va ot poygasiga ruxsat berishlari.

6, 7/628 Rasulullohning Islomga daʼvat maktublarini yuborishlari (Zulhijja oyining oxirgi kunlari – Muharram oyining boshlari / may).

7/628 Zayd ibn Horisaning Hismo sariyyasi (Jumodul oxir). Habashiston Najoshiysi Asʼhamaning musulmon boʻlishi. Hazrati Ummu Habiba bilan nikoh oʻqilishi. Misr Muqavqisining Moriyani Rasulullohga yuborishi. Hazrati Oisha onamizning onasi Ummu Rumonning (roziyallohu anho) vafoti. Abul Osning musulmon boʻlib, Rasulullohning qizlari Zaynab bilan qayta nikohlanishi (Muharram / may). Xaybar jangi (Muharram oxiri – Safar / iyun). Zaynab bint Horisning Rasulullohni zaharlashga urinishi. Habashistonga hijrat qilgan sahobalarning qolganlarining ham Madinaga qaytishi (Safar). Ashʼariylarning Madinaga kelib, sahobai kiromdan boʻlish sharafiga erishishi.

Laylai Taʼris: Rasulullohning sahobalari bilan uyquga ketib, bomdod namoziga tura olmaganlari. Rasulullohning hazrati Ummu Habiba bilan turmush qurishlari. Rasulullohning sut onalari Suvaybaning vafoti. Yaman hokimi Bozonning musulmon boʻlishi (Jumodul avval / sentyabr). Hazrati Ali asr namozini oʻqishi uchun quyoshning ufqdan qaytish moʻjizasi. Vodil Quro jangi (Jumodul oxir / oktyabr). Rasulullohning hazrati Safiyya bint Huyay bilan nikohlanishlari. Hazrati Umarning Turba sariyyasi (Shaʼbon / dekabr). Hazrati Abu Bakrning Najd sariyyasi (Shaʼbon / dekabr). Bashir ibn Saʼd Ansoriyning Fadak / Murra sariyyasi (Shaʼbon / dekabr).

7/629 Gʻolib ibn Abdulloh Laysiyning Mayfaʼa sariyyasi (Ramazon / yanvar). Bashir ibn Saʼd Ansoriyning Jinob sariyyasi (Shavvol / fevral). Umratul qazo safari (Zulqaʼda – Zulhijja / mart). Rasulullohning Maymuna bint Horis bilan nikohlanishlari (Zulqaʼda / mart).

8/629 Rasulullohning qizlari hazrati Zaynabning vafoti (Safar). Xolid ibn Valid, Amr ibn Os va Usmon ibn Talhaning musulmon boʻlishi (Safar). Gʻolib ibn Abdullohning Qudayd sariyyasi (Safar / iyun). Gʻolib ibn Abdullohning Fadak sariyyasi (Safar / iyun). Muta jangi (Jumodul avval / sentyabr). Amr ibn Osning Zotus Salosil sariyyasi (Jumodul oxir / oktyabr). Qurayshliklar Hudaybiya sulhini buzganidan keyin Abu Sufyonning sulh tuzishga urinishi.

8/630 Rasulullohning Makkani fath etish uchun yoʻlga chiqishlari (10 Ramazon / 1 yanvar). Makka fathi (20 Ramazon, payshanba / 11 yanvar). Rasulullohning Abvoda onalari hazrati Ominaning qabrini ziyorat qilishlari. Butlarning yiqitilishi. Hunayn jangi (11 Shavvol / 1 fevral). Rasulullohning sut opalari Shaymo bilan koʻrishishlari. Toif jangi (Shavvol / fevral). Rasulullohning Jiʼronada Hunayn oʻljalarini taqsimlashlari (5–18 Zulqaʼda / 24 fevral – 9 mart). Rasulullohning umra qilishlari (19 Zulqaʼda / 10 mart). Masjidi Nabaviyga uch zinali minbar yasalishi. Rasulullohning oʻgʻillari Ibrohimning tugʻilishi (Zulhijja).

9/630 Rasulullohning baʼzi qabilalarga zakot yigʻuvchilarni yuborishlari (Muharram / aprel–may). Uyayna ibn Hisn Fazoriy sariyyasi (Muharram). Tabuk gʻazoti (Rajab / oktyabr). Xolid ibn Validning Dumatul Jandal sariyyasi (Rajab). Rasulullohning munofiqlarga qarashli Masjidi Zirorni buzdirishlari. Habashiston hukmdori Najoshiy Asʼhamaning vafoti (Rajab / oktyabr). Hazrati Abu Bakrning Raml sariyyasi (Shaʼbon). Rasulullohning qizlari hazrati Ummu Kulsumning vafoti (Shaʼbon). Rasulullohning Hiraqlga ikkinchi marta Islomga daʼvat maktubi yuborishlari. Sanatul vufud (Elchilar yili). Kaʼb ibn Zuhayrning musulmon boʻlishi va Rasulullohning unga oʻz xirqalarini hadya qilishlari.

9/631 Munofiqlar boshligʻi Abdulloh ibn Ubayning oʻlimi (Zulqaʼda). Hajning farz boʻlishi. Hazrati Abu Bakrning haj amiri etib tayinlanishi (Zulqaʼda – Zulhijja / fevral–mart). Hazrati Alining ham Baroat surasining boshini tabligʻ qilish uchun Makkaga yuborilishi (Zulhijja / mart).

10/631 Xolid ibn Validning Banu Horis sariyyasi (Rabiul avval / iyun). Hazrati Alining Yaman / Mazhij sariyyasi (Ramazon / dekabr). Yaman noibi Bozonning vafoti. Najoshiyning opa-singlisining oʻgʻli Fayruzning musulmon boʻlishi. Musaylamatul Kazzobning paygʻambarlik daʼvo qilishi. Ramazon oyida Jabroil alayhissalomning Rasulullohga Qurʼoni karimni toʻliq ikki marta oʻqib berishi.

10/632 Rasulullohning oʻgʻillari Ibrohimning vafoti. Vido haji: Rasulullohning haj uchun Madinadan yoʻlga chiqishlari (25 Zulqaʼda / 22 fevral). Rasulullohning Vido xutbasini oʻqishlari (9 Zulhijja / 7 mart). Vido tavofi (14 Zulhijja / 12 mart, payshanba). Hazrati Rayhona bint Amrning vafoti.

11/632 Usoma ibn Zaydning Shomga boradigan qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlanishi. Rasulullohning boshlari ogʻriy boshlashi (26 Safar / 24 may, yakshanba). Rasulullohning isitmalari kuchayib, bezgak (humma) kasalining boshlanishi (27 Safar / 25 may, dushanba). Paygʻambarlik daʼvo qilgan Asvad Ansiyning oʻldirilishi (8 Rabiul avval / 4 iyun, payshanba). Rasulullohning hazrati Abu Bakrni imomlikka oʻtkazishlari (8 Rabiul avval / 4 iyun, xufton namozi).

Rasulullohning hazrati Abu Bakr Siddiqqa iqtido qilib, soʻnggi namozlarini ado etishlari (12 Rabiul avval, dushanba, bomdod namozi). Rasulullohning vafotlari (12 Rabiul avval / 8 iyun, dushanba, peshindan oldin). Hazrati Abu Bakrning xalifa etib saylanishi (12 Rabiul avval / 8 iyun, dushanba). Rasulullohning seshanbani chorshanbaga bogʻlaydigan kechaning (chorshanba kechasining) yarmida dafn qilinishlari. Usoma ibn Zaydning murtadlar ustiga yuborilishi (16 Rabiul avval / 12 iyun, juma). Usoma ibn Zaydning gʻalaba bilan qaytishi (26 Rabiul oxir / 22 iyul, chorshanba).

MEN NIMAMAN, NIMAM BOR?

Bu bogʻda men uchun na gul bor, na lola bor,
Bu bozorda na oldi-sotdi, na pul bor,
Na qudrat, na tasarruf, na mol, na mulk bor,
Na dard, na zavq, na malham, na yara bor,
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Vujud – ilohiy lutf, hayot – Karimning rahmati!
Ogʻiz – Rahmonning hadyasi, soʻz – Qadimning fazli!
Badan – Xudoning binoyi, ruh – ikrom ila puflangan dam,
Quvvat – Qudrat egasining ehsoni, tuygʻular – Hakimning qoʻygani!
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Bu dunyoda haqiqatda mening hech narsam yoʻq,
Ne bor boʻlsa – hammasi Uniki, mulkida sherigi yoʻq.
Jahonga kelib-ketish ham mening qoʻlimda yoʻq,
«Bu – meniki» deyishga ishongudek hujjat yoʻq,
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Borligʻim – bir koʻrinish, ruhim – bir omonatdir,
«Men» deyish ham Uning oldida juda xunuk bir shirkdir,
Bandaga tushgan vazifa – Egasiga itoatdir,
Menga «Bandam!» deyishi – lutfdir, inoyatdir.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Men – faqir va muhtoj, boylik, ehson – Haqnikidir,
Yoʻqlik – mening sarmoyam, vujud, hayot – Haqnikidir,
Azal, abad va ham qahr, gʻalaba – Haqnikidir,
Dunyoda va uqboda har koʻringan – Haqnikidir.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?

Yemoq, ichmoq, lazzatlar – Uning Razzoq1 sifatidandir,
Rohat bir nafas olmoq – Xudoning rahmatidandir,
Kelgan har bir yaxshilik ham – Uning ikromidandir,
Eng buyuk neʼmat boʻlgan iymon ham – hamisha Undandir.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Nasib boʻlmasa, kelmas rizqim osmondan, yerdan,
Na oʻtdan, na goʻshtdan, xullas, hech bir qoʻldan.
Taqdir etilgani kelar, xayolimda yoʻq ekan,
Na ortiq, na kam kelar rizqlar taqdirdan.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Qora tunni kunduz, kunni oqshom eta olmam,
Qor bilan suvni olov, kumushni volfram eta olmam,
Yer kurrasini toʻxtatib, parishon eta olmam,
Qishning qor bulutini abri nayson eta olmam.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?
Yoʻqlikda ekanimda Rabbim meni bir damda tanladi,
Ona rahmidayoq rizqimni hozirlab qoʻydi,
Farishtalarga amr etib, xizmatimga qoʻydi,
Dunyoga chiqarib, meni Oʻziga parda qildi.
Bu dunyoda bilsam edi: men nimaman, nimam bor?