Sevimli Paygʻambarim

MANBALAR

- Qurʼoni karim

- Envâr-üt-tenzîl – Qozi Bayzoviy

- Tefsîr-i Mazharî – Sanaulloh Ponipatiy

- Tefsîr-i Kurtubî – imom Qurtubiy

- Tefsîr-i Beydâvî – Qozi Bayzoviy

- Tefsîr-i Kebîr – Faxruddin Roziy

- Tefsîr-i Hâzin – Alouddin Bagʻdodiy

- Tefsîrü’l- Kur’ân – imom Termiziy

- Tefsîrü’l- Kur’ân-ı azim – Abul Fido

- Sahîh-i Buhârî – imom Buxoriy

- Sahîh-i Müslim – imom Muslim

- Sünen-i Dârekütnî – Doraqutniy

- Sünen-i Tirmizî – imom Termiziy

- Muvattâ – imom Molik

- Müstedrek – Hokim Nishopuriy

- Sünen-i İbni Mâce – Ibn Moja

- Sünen-i Beyhekî – Bayhaqiy

- Sünen-i Dâvûd – Abu Dovud

- Sünen-i sâgir – imom Nasoiy

- Müsned – Bazzor

- Müsned – Dorimiy

- Müsned – Abu Yaʼlo

- Müsned – imom Ahmad ibn Hanbal

- Sahîh – Ibn Hibbon

- Ahbâr-u Mekke – Azraqiy

- Birgivî Vasiyetnâmesi – İmâm-ı Birgivî

- Câliyetü’l-ekdâr – Mavlono Xolid Bagʻdodiy

- Câmi-ul Ehâdis – Suyutiy

- Cevâb Veremedi – Harputlu İshâk Efendi

- Delâilü’n-Nübüvve – Abu Nuaym Isfahoniy

- Delâilü’n-Nübüvve – Bayhaqiy

- Dinî Sözlük – Türkiye Gazetesi

- El-Bidâye ve’n-nihâye – Ibn Kasir (Abul Fido)

- Ensâbu’l-eşrâf – Balozuriy

- El-Envâr – Bagʻaviy

- El-İktifâ fî megâz-il-Mustafâ vesselâset-il-hulefâ – Kiloʼiy

- El-Leâli’l-Masnûa – Suyutiy

- El-Mu’cemu’s-sağîr – imom Tabaroniy

- El-Muhabber – Ibn Habib

- El-Musannef – imom Abdurrazzoq Sanʼoniy

- El-Musannef – imom Ibn Abu Shayba

- El-Vefâ bi ahvâl-il-Mustafâ – Ibn Javziy (Abdurrahmon Javziy / Abul Faraj ibn Javziy)

- Evsaf-un Nebî – Suyutiy

- Feyz-ül-kadîr – Munoviy

- Fütühu’l-büldân – Balozuriy

- Herkese Lâzım Olan Îmân – Hacı Feyzullah Efendi

- Hilyet-ül-evliyâ – Abu Nuaym

- İhyâ – imom Gʻazzoliy

- İnsân-u’l-uyûn – Nuriddin Ali Halabiy

- İsâbe – Ibn Hajar Asqaloniy

- İsbâtü’n-Nübüvve – imomi Rabboniy

- İslâm Âlimleri Ansiklopedisi – Türkiye Gazetesi

- İstiâb – Ibn Abdulbarr

- İ’tikâdnâme – Mavlono Xolid Bagʻdodiy

- Keşf-ül-hafâ – Ismoil Ajluniy

- Kısas-ı Enbiyâ – Ahmed Cevdet Paşa

- Kimyâ-i Se’âdet – imom Gʻazzoliy

- Me’âricü’n-Nübüvve Tercümesi (Peygamberler Tarihi) – Altıparmak Muhammed Efendi

- Mecma’uz-zevâid – Haysamiy

- Megâzî – Voqidiy

- Mektûbât-ı İmâm-ı Rabbânî – imomi Rabboniy

- Mektûbât-ı Ma’sûmiyye – Muhammad Maʼsum Foruqiy

- Mevâhib-i ledüniyye – Qastaloniy

- Mevlid-i Şerîf (Vesîletü’n-necât) – Süleyman Çelebi

- Mir’ât-ı Kâinât – Nişancızâde Muhammed Efendi

- Mu’cem-ül-Kebîr – Tabaroniy

- Mukaddime – Dorimiy

- Ravd-ül-ünf – Suhayliy

- Siret – Ibn Kasir

- Sîret-i Resûl – Ibn Isʼhoq

- Sîretü’n-Nebeviyye – Ibn Hishom

- Sîretü’n-Nebî – Ahmad ibn Zayniy Dahlon

- Siyerü’l-Kebîr – imom Muhammad

- Siyer-il-kebîr şerhi – imom Saraxsiy

- Sübülü’l-Hüdâ – Shamsiddin Shomiy

- Şemâil-i şerîfe – imom Termiziy

- Şifâ-i şerîf – Qozi Iyoz

- Şevâhidü’n-Nübüvve – Mavlono Abdurrahmon Jomiy

- Şu’ab-ül-îmân – Bayhaqiy

- Tabakât-ül-kübrâ – Abdulvahhob Shaʼroniy

- Tabakât-üs-Sahâbe – Ibn Saʼd

- Târih-ül-Kebîr – Buxoriy

- Tahrîc – Xuzoiy

- Tarih-i Dımeşk (Şâm târîhi) – Ibn Asokir

- Tam İlmihâl Se’âdet-i Ebediyye – Hüseyin Hilmi Işık

- Târih-i Taberî – Tabariy

- Târih-ül-İslâm – imom Zahabiy

- Terâtîb-ül-idâriyye – Kattoniy

- Usudü’l-gâbe – Ibnul Asir

- Uyûn-ül-eser – Ibn Sayyidun Nos

ABDULHAMIDXON II

«YILDIZ» ALBOMLARI. MAKKA – MADINA

FOTOSURATLARI

Kaʼbai sharif – Makkai mukarrama Masjidul Haromning kirish darvozasi

Safo tepaligi – Makka Marva tepaligi – Makka

Surrai humoyun Makkada Abdulhamidxon I qurdirgan Zamzam qudugʻi

MAVLIDI BAYTI SHARIF (1909)

Katta suratda va oʻng tomondagi pastki suratning oʻng qismida koʻringan bir gumbazli va bir minoralik masjid – Rasulullohning dunyoga kelib, uni sharaflantirgan muborak joylaridir.

Paygʻambarimiz hijrat qilganlarida bu muborak uyni hazrati Alining (roziyallohu anhu) akasi Aqil ibn Abu Tolibga topshirgan edilar. Aqilning nabiralari esa uni Hajjojning birodari Muhammad ibn Yusuf Saqafiyga sotib yuborishgan edi.

Keyinchalik bu muborak uyni Abbosiy xalifa Horun Rashidning onasi Xayzuron xonim sotib olib, masjidga aylantirgan.

Abbosiylardan keyin mamluklar muhofaza qilgan bu masjid usmonlilar davrida ham katta eʼtibor bilan saqlangan.

Qonuniy sulton Sulaymonxon masjidni qaytadan qurdirdi va Paygʻambarimizning tugʻilgan joylarini kumush panjarali toʻsiq bilan oʻratdi.

Sulton Ahmadxon I ham oltin beshik shaklida yasattirgan maqom kursisini bu panjara ichiga qoʻydirdi.

Volida sultonlar katta eʼtibor bilan qarab turgan bu masjidning ehtiyojlarini saroy xonimlari taʼminlar edi.

Bu borada eng koʻp xizmatni sulton Mehmed IV zavjasi (Mustafo II va Ahmadxon III onasi) Amatulloh Robiʼa Gulnush sulton koʻrsatgan.

Bu masjid tarix davomida koʻp marta taʼmirlangan.

1924 yilda buzilgan masjid oʻrnida shayx Abbos Qatton 1950 yilda qurdirgan uydan 1959 yildan buyon Makkaning xalq kutubxonasi sifatida foydalanilmoqda.

AJYOD QALʼASI (1890)

MUQADDAS ZAMINDAGI SOʻNGGI USMONLI IZLARI – RAVOQLAR

Baytullohni oʻrab turgan ilk soyabonlar hazrati Usmon (roziyallohu anhu) zamonida oʻrnatilgan. Keyinchalik Abbosiy xalifa Mahdiy qurdirgan ravoqlar vaqt oʻtishi bilan eskirgan.

Qonuniy sulton Sulaymon ravoqlarni taʼmirlashni Meʼmor Sinonga topshirgan, bu taʼmirdan keyin ravoqlar ustiga gumbazlar qoʻshilgan. Meʼmor Sinonning shogirdlaridan boʻlgan meʼmor Mehmed ogʻa 1590 yilda ravoqlardagi ustunlarga yangi qoʻshimchalar qilgan, yogʻochdan yasalgan ustun va toqlarni marmardan yangilagan.

Sulton Abdulaziz va Abdulhamidxon II zamonida ham ular taʼmirlab turilgan.

2014 yilda Kaʼbani kengaytirish loyihasi doirasida ravoqlar oʻrnidan buzib olinib, Arafot yaqinidagi qurilish maydoniga koʻchirilgan. 2016 yilda ular yana oʻz joyiga qoʻyilgan.

MADINA VOKZALI

HAZRATI USMONNING MAQBARASI

KAʼBAI SHARIF

JANNATUL MUALLO QABRISTONIGA KIRISH

USMONLI QOROVULXONASI – MAKKAI MUKARRAMA

QONUNIY QURDIRGAN SUV HANIYA QALʼASI – MADINAI MUNAVVARA

MADINAI MUNAVVARA

MAKKAI MUKARRAMA

1. Ajyod qalʼasi

Ajyod qalʼasi sulton Abdulhamidxon I davrida Kaʼbani himoya qilish, hojilarning xavfsizligini, Makka shahrining osoyishtaligi va mudofaasini taʼminlash uchun 1781–1783 yillarda qurilgan, Birinchi jahon urushida undan turk garnizoni sifatida foydalanilgan. Ammo usmonlilardan yodgorlik boʻlib qolgan Ajyod qalʼasi 2002 yilda buzdirilgan.

2. Umar togʻi

3. Hind qalʼasi: Hind qalʼasini ham Makkaning xavfsizligini oshirish uchun 1806 yilda sulton Salimxon III qurdirgan.

MADINAI MUNAVVARA

1. Uhud togʻi
2. Majidiya minorasi

Majidiya minorasini masjidning Bobus salom va Bobur rahma deb ataladigan boshqa minoralari kabi sulton Abdulmajidxon qurdirgan. Minoralar usmonli meʼmorchilik uslubini aks ettiradi. 3. Qubbai saodat (Qubbai xazro – Yashil gumbaz): Misrning turkman sultoni Sayfiddin Solih Qalavun 678 yilda [milodiy 1279] Hujrai saodat ustiga bugungi gumbazni qurdirib, uni qoʻrgʻoshin bilan qoplatdi. Gumbaz 1253 yilda [milodiy 1837] sulton Mahmudxon II (rahmatullohi alayh) amri bilan yashil rangga boʻyaldi.

4. Raisiya minorasi

Raisiya minorasini mamluklar qurdirgan, u Qonuniy sulton Sulaymonxon va Mehmedxon IV zamonlarida taʼmirlangan. Bosh muazzin shu yerda azon aytgani uchun bu asosiy minorani Raisiya deb ataydilar.

5. Xolidiya qorovulxonasi

6. Qishlai Asokiri Shohona (usmonli kazarmasi)

4. Fulful qalʼasi

Makkaning xavfsizligi yetarli deb topilmagani uchun Fulful qalʼasini 1800–1801 yillarda sulton Salimxon III qurdirgan.

1885 yilda, Usmon Nuriy posho Makka amiri boʻlgan davrda, u shifoxonaga aylantirilgan.

Izoh:

Hind va Fulful qalʼalari ham Ajyod qalʼasidan oldin buzdirilgan.

7. Masjidi Gʻamoma

«Gʻamoma» arabcha «bulut» demakdir. Paygʻambarimizga (sallallohu alayhi vasallam) soya solib turadigan bulut u zot Masjidi Nabaviyga borganlarida shu yerda kutib turgani uchun bu joyga «bulut makoni» degan nom berilgan, masjid ham shu nomni olgan. Paygʻambarimiz hayit namozlarini shu yerda oʻqiganlar. Masjid sulton Abdulmajidxon zamonida taʼmirlangan.

8. Hazrati Abu Bakr masjidi

Bugungi kunda hazrati Abu Bakr masjidida turgan usmonli bitigida masjidni oxirgi marta sulton Abdulazizxon taʼmirlatgani yozilgan. Fotosurat shu taʼmirdan bir necha yil keyin olingan.

9. Hazrati Ali masjidi

Paygʻambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) shu yerda Ramazon hayiti namozini oʻqitganlar. Hazrati Ali (roziyallohu anhu) ham xalifaligi davrida va hazrati Usmon (roziyallohu anhu) oʻz uyida qamalda qolgan paytda hayit namozini shu yerda oʻqitgan. Shuning uchun unga «Hazrati Ali masjidi» degan nom berilgan.

10. Fotimai Zahro sabili

KAʼBA – HARAMI SHARIF

1. Maqomi Molikiy
2. Maqomi Hanafiy
3. Hajarul asvad
4. Maqomi Ibrohim va Maqomi Shofeʼiy

5. Zamzami sharif qudugʻi

6. Maqomi Hanbaliy

7. Muvaqqitxona: Muvaqqitlar xizmat qiladigan, vaqtni va namoz vaqtlarini belgilash uchun ishlaydigan, ichida vaqtni aniqlashda ishlatiladigan asboblar va sozlangan soatlar boʻlgan, kichik rasadxonaga oʻxshagan binolarga muvaqqitxona deyiladi. Odatda ular katta masjidlar yonida boʻladi. Soatlarni sozlaydigan va ayniqsa namoz vaqtlarini belgilaydigan xizmatchilarga muvaqqit deyiladi, ularning xarajatlarini vaqflar qoplaydi. 8. Kutubxona: Jannatmakon sulton Abdulmajidxon 1262 yilda (milodiy 1846) Kaʼbaning sharq tomonidagi, ilgaridan qolgan va har birining diametri olti metrli gumbazi boʻlgan ikki binoning birini muvaqqitxonaga, ikkinchisini kutubxonaga aylantirgan [Mirâtü’l Haremeyn – Mirâtü’l Mekke, II, 770]. Abdulmajidxon kutubxonaga 3653 jild kitob hadya qilgan.

AS-SALOTU HAVLAL KAʼBA (Kaʼba atrofida namoz)

QUBBAI SAODAT VA RAISIYA MINORASI

1. Fotimai Zahro bogʻi
2. Usmon mehrobi gumbazi

POK SHAHAR MADINAI MUNAVVARA

MASJIDI NABAVIY

MANOHA MAYDONI (TUYA BOZORI)

JANNATUL BAQIʼ QABRISTONI

1. Hazrati imom Molik va hazrati Nofeʼ maqbarasi

2. Hazrati Aqil ibn Abu Tolib (Paygʻambarimizning amakivachchalari) va hazrati Abdulloh ibn Jaʼfari Tayyor (Paygʻambarimiz amakilarining nabirasi, Jaʼfari Tayyorning oʻgʻli) maqbarasi

3. Azvoji mutohharot maqbarasi:

Bu maqbarada hazrati Xadicha va hazrati Maymunadan tashqari Paygʻambarimizning barcha zavjalari dafn etilgan. Hazrati Oishaning qabri ham boʻlgan bu maqbarani 1543 yilda Qonuniy sulton Sulaymon yangilagan.

4. Hazrati Ibrohim ibn Rasululloh (roziyallohu anhu) maqbarasi

Paygʻambarimizning oʻz oilalaridan Jannatul Baqiʼ qabristoniga birinchi boʻlib dafn etilgan kishi – hali goʻdakligida vafot etgan oʻgʻillari Ibrohimdir.

Hazrati Usmon ibn Mazʼun esa Jannatul Baqiʼ qabristoniga dafn etilgan birinchi sahobadir. 5. Banotun Nabiy maqbarasi: Bu yerda Paygʻambarimizning qizlari hazrati Ruqayya, hazrati Ummu Kulsum va hazrati Zaynab (roziyallohu anhunna) dafn etilgan.

6. Hazrati Fotima bint Asad (roziyallohu anho) maqbarasi

7. Murziatul mursalin hazrati Halimai Saʼdiya: Bu yerda Paygʻambarimiz alayhissalomning sut onalari hazrati Halima (roziyallohu anho) dafn etilgan.

8. Hazrati Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) maqbarasi: Uchinchi xalifa hazrati Usmonning (roziyallohu anhu) maqbarasini 1205 yilda Salohiddin Ayyubiy qurdirgan. Usmonlilar zamonida u taʼmirlanib, qarab turilgan. 9. Ahli bayt maqbarasi: Bu maqbarada hazrati Abbos (Paygʻambarimizning amakilari), hazrati imom Hasan Mujtabo, hazrati imom Zaynulobidin, hazrati imom Muhammad Boqir va hazrati imom Jaʼfari Sodiq (roziyallohu anhum) dafn etilgan.

10. Hazrati Fotimai Zahro maqbarasi
Izoh:

Jannatul Baqiʼ qabristonida Paygʻambarimizning toʻrt qizlari va bir oʻgʻillari dafn etilgan. Abdurrahmon ibn Avf, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Masʼud, Suhayb ibn Sinon, Abu Hurayra, Abu Sufyon ibn Harb, Saʼd ibn Muoz va Sufyon ibn Horis (roziyallohu anhum) – Jannatul Baqiʼ qabristonida dafn etilgan, qabrlarining oʻrni fotosuratda koʻrsatilmagan sahobalarning eng mashhurlaridir. Madina 1806 yilda bosib olingach, Jannatul Baqiʼ qabristonidagi qabr toshlari va maqbaralar buzilgan. Sulton Abdulhamidxon II zamonida qabr toshlari taʼmirlangan, maqbaralar qaytadan qurilgan. Bu fotosurat oʻsha qurilishdan keyin olingan.

Ammo 1926 yilda usmonlilarning Haramaynga xizmati tugagach, Jannatul Baqiʼ qabristoni yana bir bor shu qismatga duchor boʻlgan.

JANNATUL MUALLO QABRISTONI

1. Xadichai Kubro (roziyallohu anho) maqbarasi: Paygʻambarimizning (sallallohu alayhi vasallam) zavjalari hazrati Xadichaning (roziyallohu anho) Jannatul Muallo qabristonidagi maqbarasini 1543 yilda Qonuniy sulton Sulaymon Makka noibi Dovud posho nazorati ostida qurdirgan.

Ilgari maqbara oʻrnida yogʻoch sanduqa bor edi.

2. Ajdodi Rasululloh maqbarasi: Bu maqbarada Paygʻambarimizning bobolari Abdulmuttalib va katta bobolari Abdu Manofning qabrlari bor.

3. Abu Tolib maqbarasi

4. Sevimli Paygʻambarimizning muborak onalari hazrati Ominaning (roziyallohu anho) maqomi boʻlgan maqbara

Hazrati Omina onamizning qabri eng mashhur rivoyatga koʻra Abvoda. Ammo baʼzi manbalarda u Jannatul Muallo qabristoniga koʻchirilgani ham rivoyat qilinadi.

Izoh:

Bu maqbaralarni 1879 yilda sulton Abdulhamidxon II taʼmirlatgan.

Evliyo Chalabiy usmonlilar davrida Jannatul Muallo qabristonida Paygʻambarimizning (sallallohu alayhi vasallam) bobolari, amakilari, boshqa sahobalar va Islom ulugʻlariga tegishli yetmish beshta maqbara boʻlganini yozadi.

ARAFOTNING QIBLAGA QARAGAN OʻNG TOMONI

MINODA QURBON HAYITI

(1880 yil 13 noyabr)

HAZRATI HAMZANING (ROZIYALLOHU ANHU) UHUD TOGʻIDAGI MAQBARASI VA MASJIDI

Masjidi Jabali Ayniya: Hazrati Hamza (roziyallohu anhu) shu yerda shahid boʻlgan. Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) bu yerda qurollangan va jangovar anjomlarini kiygan holda namoz oʻqiganlar.

MINO

HAMIDIYA MASJIDI – MAKKA

HAZRATI AYYUB SULTONNING UYI

USMONLI KAZARMASI – MAKKA

TAYYIBA HAMMOMI – MADINA

RAISIYA MINORASI – MADINA

BOBUS SALOM – MADINA

USMONLI MEʼMORCHILIGI NAMUNASI – MAKKA

MAKKA (Oʻng tomondagi masjid – sevimli Paygʻambarimizning tugʻilgan uylari.)